Origi faoliyatini "Milan" yoki "Atalanda"da davom ettirishi mumkin

Alisher
16 mar 2022, 15:51
"Liverpul" hujumchisi Divok Origi faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 26 yoshli belgiyalik futbolchi Angliya klubidan mavsum so'nggida erkin agent maqomida ketishga tayyor, shuningdek mersisaydliklarda shartnomani uzaytirish borasida band bor.

Futbolchi uchun "Milan" va "Atalanta" da'vogarlik qilmoqda, o'yinchi yiliga 3,5 dan 4 million evroga qadar maosh olmoqchi.

Origi 2021/22 yilgi mavsum "Liverpul" tarkibida 14ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira