“Ordabasi” g'olib bo'ldi, Geynrix 75 daqiqa o'ynadi

Narzulla Saydullayev
27 okt 2015
Qozog'iston Premer-ligasining 30-turi doirasida hamyurtimiz Aleksandr Geynrix to'p tepayotgan Chimkentning “Ordabasi” klubi “Irtish” klubi mehmoni bo'ldi.

Uchrashuvda “Ordabasi” 2:1 hisobida zafar quchdi. Aleksandr Geynrix mehmonlar safida 75 daqiqa o'ynadi va jamoadoshiga o'z o'rnini bo'shatib berdi. "Ordabasi" 29 ochko bilan chempionlar guruhida 4-pog'onasida bormoqda. Klub keyingi o'yinni 31 oktyabr kuni o'z maydonida "Atirau"ga qarshi o'tkazadi.

"Irtish" - “Ordabasi” 1:2
Gollar: Ronkatto, 35 - penalti (1:0). Simchevich, 56 (1:1). Tungishbaev, 67 (1:2)


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia