

"Sport Mediaset" nashri ma'lumotiga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" boshlang'ich summa sifatida 45 million evro taklif qilgan. Biroq "Inter"ga bu summa kamlik qilgan va transfyerdan eng kamida 60 million evro ishlab olishni reja qilishayotganini ma'lum qilishgan.
"Chelsi" ham transfer uchun muzokaralarga kirishishga tayyor turibdi. Chunki futbolchining o'zi ham jamoadan ketishga qarshi emas.
Agarda Bastoni "Barselona"ga o'tadigan bo'lsa, u yerda yiliga 7 million evro maosh oladi. Bu uning Milandagi maoshidan 2 baravar ko'p degani.



