"Oq-tepa" va "Iftixor" PRO-liga "A" guruhiga yo'llanma oldi

Narzulla Saydullayev
19 mar 2019
Bugun PFL kubogi yarim final bahslari bo'lib o'tdi.

Yarim finalda Toshkentning "Oq-tepa" klubi "Yangier"ni 2:0 hisobida taslim qildi. Oltiariqning "Iftixor" jamoasi esa "G'ijduvon" ustidan 4:0 hisobida zafar quchib finalga yo'l olishdi. 

Shu tariqa, "Oq-tepa" va "Iftixor" klublari 2019 yil PRO-liga "A" guruhida o'ynaydigan bo'ldi. PFL kubogi final uchrashuvi 22 mart kuni soat 11:00da "Chig'atoy" stadionida bo'lib o'tadi.



2019 yil PRO-liga "A" guruhi ishtirokchilari to'liq ro'yxati: 

⚽️ Mashal
⚽️ Neftchi
⚽️ Sho'rtan
⚽️ Istiqlol
⚽️ Sherdor
⚽️ Xorazm
⚽️ Oq-tepa
⚽️ Iftixor



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia