

Bu haqda "Bunyodkor" klubi rasmiy sayti xabar berdi.
Avval aytilganidek, bu yildan Pro liga ikki guruhga ajratiladi. A guruhi ishtirokchilari Superliga yo'llanmasi uchun kurash olib boradi. Tabiiyki, bu guruhda qatnashadigan jamoalarga talablar yuqori bo'ladi. B guruh ishtirokchilariga esa, minimum talablar qo'yilgan.
PFL bir jamoaga Pro liga A guruhiga imtiyozli yo'llanma taqdim qilish maqsadida bu yildan PFL Kubogini o'tkazadi. Musobaqada g'olib chiqqan klub A guruhi ishtirokchilariga qo'yilgan talablarni bajarmasada, 2019 yilgi mavsumni Pro liga A guruhida o'tkazadi.
Pro liga B guruhida esa, PFLning minimum talablarini bajargan hamda PFL Kubogida ishtirok etgan klublar (chempiondan tashqari) qatnashadi.
Quyida barcha musobaqa ishtirokchilari va formati bilan tanishtiramiz.
Pro liga A guruhi ishtirokchilari, jami 8ta: Mashal, Neftchi, Sho'rtan, Istiqlol, Sherdor, Xorazm, Orol va PFL Kubogi g'olibi.
A guruhi jamoalari 4 davrali, uy-safar tizimida Superliga yo'llanmasi uchun kurash olib borishadi.
PFL Kubogi. Ishtirokchilar soni 8ta: Lokomotiv-BFK, G'ijduvon, Zomin, Iftixor, Oq-tepa, Yangier. Bunyodkor-2 va Rubin konkursdan tashqari. Yani, bu ikki klubning har qanday natijasi inobatga olinmaydi. G'olib Pro liga A guruhi yo'llanmani qo'lga kiritadi. Qolgan 7 jamoa B guruhiga yo'l oladi. O'yinlar olimpiya tizimida o'tkaziladi.
Pro liga B guruhi ishtirokchilari, jami 14ta: Andijon-2, Rash-Milk, Zarbuloq, Ittifoq-Navoiy, R.Madaminov, Turon. Zarangar va Ittifoq-Buxoro o'zaro pley-off o'yinini o'tkazadi. G'olib B guruhdan joy oladi. Yana 7 jamoa PFL Kubogi ishtirokchilari bo'ladi.
B guruhi jamoalari 2 davrali, uy-safar tizimida maydonga tushishadi.



