"Oq-tepa": OAV xodimlarini matbuot anjumaniga taklif qilamiz

Narzulla Saydullayev
26 mar 2014, 14:45
Bir haftadan so'ng O'zbekiston Birinchiligi bahslariga start beriladi.
Yakshanba kuni esa, 1-liga qatnashchilari O'zbekiston Kubogidagi ishtirokini boshlaydi. Ushbu mavsumda o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'yayotgan “Oq-tepa” jamoasi shu munosabat bilan 28 mart kuni matbuot anjumani tashkil qiladi. Uch qismdan iborat matbuot anjumanida OAV xodimlarining savollariga klub rasmiylari, bosh murabbiy hamda jamoa bilan shartnoma imzolagan futbolchilar javob qaytaradi. Qolaversa, jurnalistlarga “Oq-tepa” sport kompleksi yaqindan tanishtiriladi.

Matbuot anjumani 28 mart, juma kuni “Oq-tepa” stadioni anjumanlar zalida tashkil etiladi. Tadbir 11:00da boshlanadi.

Barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini matbuot anjumaniga taklif qilamiz!

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz