"Oq-tepa” - “Alanga” uchrashuvidan keyingi fikrlar

Narzulla Saydullayev
8 sen 2013, 16:29
Birinchi liga ikkinchi bosqich 6-turida “Oq-tepa” o'z maydonida “Alanga”ni qabul qilib g'alabaga erishdi.
“Oq-tepa” – “Alanga” uchrashuvi yakunlangach maydon egalari bosh murabbiyi Aleksandr Tokovning bellashuv haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

– Avvalgi uchrashuvlarga nisbatan bugun yaxshiroq o'yin namoyish qildik. Ayniqsa, vaziyatlardan foydalanish borasida koefficientimiz oshdi. To'g'ri, “Alanga” darvozasi oldida yaratilgan barcha xavfli hujumlarni golga aylantirganimiz yo'q, ammo oldingi bellashuvlarda bo'lgani singani hammasini ko'kka ham sovurmadik. Bugungi g'alaba futbolchilarning ruhiy tayyorgarligi hamda ishtiyoqi evaziga qo'lga kiritildi deb hisoblayman.

“Oq-tepa” – “Alanga” uchrashuvi yakunlangach mehmonlar ustozi Dilshod Andaevning bellashuv haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

– Bugun mehmonda g'alaba qozonish uchun etarli imkoniyatlarga ega bo'ldik. Ammo vaziyatlardan foydalana olmadik. Oqibatda mag'lubiyatga uchradik. Vaholanki, bugun g'alabaga loyiq o'yin namoyish qilgandik.

Shogirdlarim sun'iy chimda doimiy ravishda o'ynab yurmagani bois, maydonga moslashishimiz ham biroz qiyin kechdi. Mag'lubiyatimizga bu ham qaysidir manoda sabab bo'ldi. “Oq-tepa” o'z maydonida uncha-buncha raqibga ochko bermasligini bilardim, lekin aytishim mumkin, bugun biz mezbonlarga nisbatan yaxshiroq o'yin namoyish qildik. Biroq o'zimizning xatolar sababli yutqazdik.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz