Opta superkompyuterining talqiniga ko'ra Ispaniya va Fransiyada Evroni yutish uchun imkoniyat teng – 30%. Angliyada 23%, Niderlandiyada esa 17%

Alisher
7 iyul 2024, 21:20
Opta talqiniga ko'ra Ispaniya va Fransiya Evro-2024 favoritlari.

Opta superkompyuteri Luis de la Fuente va Dide Desham terma jamoalarining turnirdagi g'alaba imkoniyatlarini 30%dan baholadi. Shu bilan birga, Ispaniya yarim finaldagi o'zaro o'yinda kichik ustunlikka ega – 51%ga qarshi 49.

Angliyaning g'alabasi 23%ga, Niderlandiyaniki esa 17%ga baholangan. Inglizlarning yarim finaldagi g'alaba imkoniyati – 53%ga qarshi 47%.

Ispaniya Evro yarim finalida Fransiya bilan 9 iyulda, Angliya esa Niderlandiya bilan 10 iyulda o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Opta