Omar Momani Mourinyu aytib bergan voqea haqida karikatura chizdi

Aslanov Jasurbek
3 apr 2019, 17:51
Omar Momanining yangi ishini e'tiboringizga havola qilamiz.

"Real" va "Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu ingliz jamoasida yarim himoyachi Pol Pogba bilan sodir bo'lgan voqea haqida gapirib berdi. 

"Biz Manchestyerdan 30 km uzoqda joylashgan jamoa bilan o'ynashimiz kerak edi. Pogba mendan o'yindan so'ng jamoa bilan emas, o'z avtomobilida qaytishi mumkinligini so'radi. Men shunday javob berdim: "Agar biz Londonda o'ynasak va sen qolishni istaganingda - bu boshqa gap edi. Ammo Manchester yaqin va iltimosingni qabul qilmayman". Pogba xafa bo'ldi.

Keyin o'yinda g'alaba qozondik va Pol yana o'sha iltimos bilan murojaat qildi. Baxtli ekanligim tufayli biroz u tomon yon bosdim: "Hozir avtobusga o'tir va mashinang haydovchisiga ayt, stadionni tark etganimizdan 10 daqiqa o'tib, bizga yetib olsin, keyin xohlagan tomoningga ketaver". U hali ham xafa edi. Matbuot anjumaniga kirib ketdim. Avtobus kelganida uning oldida "Rolls-roys" turardi. Yangi mashina ekan va hazrati oliylari stadionni o'zining "Rolls-roysi"da tark etmoqchi edi. Nima qilishim kerak edi? G'alaba qozonsak xohlaganingni qilaver deymanmi?" - deya voqeani yakunladi Mourinyu.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/omomani