"Oltin to'p" olmagan, ammo unga munosib bo'lgan 7 yulduz

Aslanov Jasurbek
13 iyul 2019
Har yili futbol tashkilotlari va nashrlari yilning eng yaxshi futbolchilarini aniqlab, ularga maxsus sovrin topshirishadi.

Ularning orasidagi eng mashhur va nufuzlisi "Oltin to'p" hisoblanadi. France Football nashri topshiradigan ushbu sovrin barcha futbolchilarning orzusi, ammo bazida "Oltin to'p" unga munosib bo'lmaganlarga ham topshiriladi. E'tiboringizga "Oltin to'p"ga loyiq ko'rsatib, sovrindan quruq qolgan 7 yulduzni taqdim etamiz.



UESLI SNEYDER

Gollandiyalik yarim himoyachi 2010 yilda "Inter" safida deyarli barcha sovrinlarni qo'lga kiritdi va Gollandiya terma jamoasi bilan JCH-2010da 2-o'rinni egalladi, ammo sovrin Lionel Messiga topshirildi.


FRANK RIBERI

Fransiyalik 2013 yilda "Bavariya"ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, UEFAning yil futbolchisi sovrinini qo'lga kiritdi, biroq "Oltin to'p"ni Krishtianu Ronaldu uyiga olib ketdi.


TERRI ANRI

Afsonaviy fransiyalikning sovrinlariga e'tibor bering: Yevropa va jahon chempioni, Chempionlar ligasi, Angliya, Fransiya va Ispaniya chempionatlari g'olibi. Lekin "Oltin to'p"ni qo'lga kirita olmagan.


ANDRES INESTA

Ko'plab futbol muxlislari hozirgacha Inestaga berilmagan "Oltin to'p" - futbol olamidagi eng katta jinoyat deb bilishadi.


XAVI

Xavi 2009 va 2011 yillarda "Oltin to'p" uchligiga kirgan, ammo har safar sovrinni Lionel Messiga berishgan.


JANLUIJI BUFFON

Buffon futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabonlardan biri hisoblanadi, 2006 yilda u "Oltin to'p"ga egalik qilishi mumkin edi, biroq sovrin uning jamoadoshi Fabio Kannavaroga nasib etdi.


AREN ROBBEN

Chempionlar ligasidagi g'alabadan so'ng u "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi kerak edi, ammo "Bavariya" Frank Riberini qo'llab-quvvatladi va kuchli uchlikka fransiyalik kirdi. Biroq teparoqda aytilganidek, sovrin "Bavariya" futbolchisiga topshirilmadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia