"Olmaliq"qa 10 yil! Ular maydonga tushdilar

Narzulla Saydullayev
9 dek 2017
"Olmaliq"ning 10 yillik statistikasining navbatdagi qismida "Olmaliq" safida maydonga tushgan futbolchilar borasida so'z yuritamiz.

"Olmaliq" jamoasi tarkibida o'tgan o'n yillik davr ichida 149 nafar futbolchi maydonga tushdi. Shundan 31 nafari xorijlik futbolchilardir. Jamoa tarkibida eng ko'p maydonga tushgan futbolchi Zohir Pirimov hisoblanadi. U 2008-2016 yillar mobaynida "Olmaliq" libosida 199 uchrashuvda maydonga tushgan. Quyida jamoa tarkibida eng ko'p maydonga tushgan futbolchilar o'ntaligini taqdim etamiz.

1. Zohir Pirimov  199 o'yin
2. Doston Abdurahmonov   148
3. Evgeniy Gogol    113
4. Sanjar Shoahmedov   107
5. Abduqahhor Hojiakbarov  104
6. Shavkat Mullajonov    97
7. Mo'ydin Mamazulumov    95
8. Aleksandr Vostrikov    86
9. Darko Stanoevich      80
10. Isroil Ergashev      79


Avvalgi ma'lumotlarimizda jamoamiz 10 yillik davrda oliy ligada raqiblar darvozasini 390 marta ishg'ol etganligi keltirib o'tgandik. "Olmaliq"ning bu gollari 76 futbolchi tomonidan amalga oshirildi. Eng ko'p gol urgan futbolchilar 10taligi quyidagicha:

1. Mo'ydin Mamazulumov    41 gol
2. Zafar Polvonov      26
3. Aleksandr Vostrikov    17
4. Evgeniy Gogol        16
5. Zohir Pirimov        15
6. Nosir Otaqo'ziev      15
7. Sanjar Shoahmedov      11
8. Arturas Fomenko      10
9. Diyor Turopov        10
10. Nemanya Yovanovich    9



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz