

Germaniya U21 terma jamoasi 2 sentyabr kuni Slovakiya bilan o'rtoqlik uchrashuvi, 6 sentyabr kuni esa finlyandiyaliklarga qarshi U21 Yevropa chempionati saralash uchrashuvi o'tkazadi. Germaniya futbol federatsiyasi ushbu o'yinlarga chaqirilgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.
Buning e'tiborli jihati shundaki, Germaniya U21 terma jamoasiga ilk marotaba chaqirilganlar orasida biz oldinroq e'lon qilgan - Olmaliqda tug'ilgan Anton Valdemar ham bor. Anton ayni damda "Gannover" klubi sharafini himoya qiladi. 20 yoshli futbolchi 2015 yilda ushbu nemis klubi bilan professional shartnoma imzolagan edi.

Germaniyalik yoshlar ayni damda Yevropa chempionati saralashining ettinchi guruhida birinchi o'rinni egallab turibdi. 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Yevropa chempionati 2017 yil (16-30 iyun kunlari) Polshada bo'lib o'tadi.




