“Olmaliq ” – “Qo'qon-1912” prevyu

Narzulla Saydullayev
24 noya 2017
Chempionatning so'nggi uchrashuvini vakillarimiz xuddi o'tgan yildagi kabi “Olmaliq” jamoasiga qarshi o'tkazishadi.

Ananamizga sodiq qolgan holda mazkur jamoalarning o'zaro uchrashuvlariga doir statistik ma'lumotlarni taqdim etamiz.

O'zaro o'yinlar


“Olmaliq ” va “Qo'qon-1912” klublari shu kunga qadar oliy ligada besh marta to'qnash kelishgan. O'yinlarning bittasida futbolchilarimiz g'alaba qozonishgan. Uchta uchrashuvda olmaliqliklar qo'li baland kelgan. Bitta bahsda g'olib nomi aniqlanmagan.

To'plar nisbati 7-5 “Olmaliq” foydasiga.

Hakamlar

O'zbekiston Professional futbol ligasi 30-turda ishlaydigan hakamlar ro'yxatini ma'lum qildi. Unga ko'ra, 25 noyabr  kuni Qo'qonda bo'lib o'tadigan  “Qo'qon-1912” – “Olmaliq” uchrashuvini Hasan Ro'ziev boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradigan bo'lishdi.

Ushbu hakam bundan oldin ikki marta jamoamiz ishtirokidagi o'yinni boshqargan. Hasan Ro'ziev boshqargan o'yinlarda futbolchilarmiz g'alaba qozonishgan. “Sho'rtan” – “Qo'qon-1912”  2-3, “Qo'qon-1912” – “Buxoro” 2-1, “Qo'qon-1912” – “Navbahor” 2-0.

Umuman olganda, ushbu hakam shu kunga qadar jamoamiz ishtirokidagi ettita uchrashuvda ishlagan.

Oliy liga
30-tur
“Qo'qon-1912” (Qo'qon) – “Olmaliq” (Olmaliq)
Hakamlar:
H.Ro'ziev (Toshkent), O.Abduvasilov (Toshkent), S.Shoyusupov (Toshkent), A.Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: O.Dachev (Toshkent)
O'zPFL vakili: R.Chernikov

Boshlanish vaqtlari

Shanba kuni bo'lib o'tadigan o'yin soat 14:00da boshlandi. Bugun esa bu ikki jamoa o'rinbosarlari bahsi o'tkaziladi. Ushbu uchrashuv soat 14:00da boshlanishi rejalashtirilgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz