Oliy va yoshlar ligasidagi ochkolar umumiy hisoblanganida nima bo'lardi?

Narzulla Saydullayev
9 dek 2015, 15:50
2015 yilgi oliy liga va yoshlar ligasi bahslari yakuniga yetib bo'ldi.

Yoshlar ligasida "Bunyodkor" klubi chempion bo'ldi. "Paxtakor" ikki, "Mashal" uchinchi o'rinni band etdi. So'nggi uch o'rinni "Andijon", "Navbahor" va "Buxoro" klublari band etishdi.

Oliy ligada "Paxtakor" chempionlikka erishdi. "Lokomotiv" kumush, "Nasaf" bronza medaliga ega chiqdi. "So'g'diyona" va "Dinamo" oxirgi ikki o'rinni egalladi.

Agar ikkala chempionatning ochkolari umumiy hisoblanganida "Paxtakor" chempion bo'lardi. Ikkinchi o'rinni oliy ligada to'rtinchi bo'lgan "Bunyodkor" egallardi. Yoshlar ligasida ishi yurishmagan "Lokomotiv" bu reytingda uchinchi bo'lar edi. Qizig'i ikkala chempionatda ham 26tadan ochko to'plagan "Buxoro" umumiy jadvalda eng so'nggi pog'onada bo'lardi.

Quyida umumiy jadvalni taqdim etamiz:

Klub  
Yoshlar ligasi      
Oliy liga     
Umumiy    
Paxtakor 60 75 135
Bunyodkor 64 59 123
Lokomotiv                 
31 74 105
Nasaf 42 62 104
Mashal 56 38 94
Olmaliq 48 44 92
Neftchi 37 52 89
Metallurg 48 36 84
Qizilqum 43 34 77
Qo'qon-1912 42 31 73
Sho'rtan 37 33 70
So'g'diyona 40 26 66
Navbahor 27 37 64
Dinamo 35 25 60
Andijon 29 28 57
Buxoro 26 26 52

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia