Oliy liga. Sergeev ikkita gol urdi, "Paxtakor" Bekobodda g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
9 sen 2017, 18:23
Bugun oliy liganing 20-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuv bo'lib o'tdi.


Uchrashuv tezkor qa qarama qarshi hujumlar ostida boshlandi. Har ikkala jamoa maydonga g'alaba ishtiyoqida tushganligini namoyish etishmoqda. Birinchi xavfli vaziyatni mezbonlar yaratishdi. Chap qanotdan Sanjar Qodirqulovning tezkor reydini “Paxtakor” himoyachisi katta qiyinchilik bilan bartaraf etdi. Burchakdan to'p o'yinga kiritilganda esa paxtakorchilar qarshi hujumga o'tib ketishayotgandi, Doniyor Odilov raqibni maydon markazida qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Hakam unga sariq kartochka ko'rsatdi.Doniyor Odilov keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Birinchi bo'limning ekvador chizig'iga yaqinlashayotganda jamoalar tezkor gollar bilan almashinishdi. 17-daqiqada “Paxtakor” himoyachisi Suhrob Nurulloev to'pni orqaga qaramasdan uzatgandi, to'pni “Metallurg” to'purari Zohid Abdullaev egallab oldi va uzoqdan chiroyli zarbasi evaziga gol urdi. Ammo mezbonlarning xursandchiligi uzoqqa cho'zilmadi. Paxtakorchilar keyingi qarshi hujumdayoq javob golini kiritishdi. Suhrob Nurulloev oshirib bergan to'pni Igor Sergeev bo'sh qolgan darvozaga kiritdi.

Birinchi taymga qo'shib berilgan daqiqada Igor Sergeev jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi – 1:2. Oxirgi daqiqalarda mehmonlar vakili Doston Ibrohimov gol urib yakuniy natijani o'rnatdi - 1:3.



9 sentyabr, shanba
Metallurg (Bekobod) – Paxtakor (Toshkent) 1:3
Hakamlar:
V. Agishev (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A.Po'latov (Toshkent), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Inoyatov.

Gollar: 1:0 – Zohid Abdullaev (17), 1:1 – Igor Sergeev (19, pas – Suhrob Nurulloev), 1:2 – Igor Sergeev (45+1), 1:3 – Doston Ibrohimov (90+5).

“Metallurg”: 1. Zafar Safaev, 2. Abror Xusinov, 4. (s) Hikmat Hoshimov, 6. Dilmurod Karimov (38. Muhammadjon Sultonov, 50), 7. Doniyor Odilov, 8. Ayubxon No'monov, 13. Sanjar Qodirqulov, 14. Davronbek Karimqulov, 15. Zohid Abdullaev, 22. Islombek Isoqjonov, 70. Jahongir Abdumo'minov.

Zahira: 25. Timurbek To'ychiev, 5. Jasur Ahmedov, 16. Sirojiddin Allaev, 26 Ulug'bek Xudoyorov, 27. Muhammadodil Qahramonov, 42. Xudoyshukur Sattorov.

“Paxtakor”: 12. Aleksandr Lobanov, 5. Akbarjon Ismatullaev, 7. Azim Ahmedov, 11. Igor Sergeev (20. Jasurbek Hakimov, 81), 17. Suxrob Nurulloev, 21. Kamoliddin Tojiev, 29. Vladimir Kozak, 52. Gidi Kanyuk, 55. Marko Simich, 77. Tiago Bezerra (27. Doston Ibragimov, 72), 80. Rostin Griffits.

Zahira: 25. Eldorbek Suyunov, 8. Sherzodbek Karimov, 10. Jamshid Iskandarov, 24. Davronbek Hoshimov, 70. Sherzod A'zamov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia