Oliy liga saytlari so'nggi 10 kunda qanday ishladi?

Nadirkhuja Yuldashev
4 avg 2015, 15:41
22 iyul kuni saytimiz orqali oliy liga klublarining saytlari qanday ishlaganligi to'g'risidagi maqolani e'lon qilgan edik.

  Oradan roppa - rosa 12 kun o'tib, navbatdagi hisobotni e'lon qilamiz.

Odatdagidek, "Qo'qon-1912" jamoasining rasmiy sayti eng ko'p xabarlarni chop etgan. To'g'ri xabarlar soni bundan ham ko'p aslida, ammo biz faqatgina klubga doir xabaralarni ro'yxatga olamiz. 

Lekin sifat borasida eng faol sayt "Bunyodkor" klubiga tegishli bo'lib turibdi. Klub foto va videolar bilan ham yaxshi ishlashni yo'lga qo'ygan.

"Lokomotiv" sayti esa boshqalarga qaraganda bolalar futboliga ham asosiy tarkibiga e'tibor bergandek qaraydi. 

Quyidagi jadval 22 iyuldan to 4 avgustga qadar bo'lgan ma'lumotlar asosida tuzildi.


Klub Sayt Matn     Galereya    Video  O'rin
Paxtakor           pakhtakor.uz 9 2 0 8
Lokomotiv lokomotiv.uz 19 3 0 3
Nasaf fcnasaf.uz 12 1 0 6
Bunyodkor fcbunyodkor.com         21 1 2 2
Neftchi fcneftchi.uz 5 0 0 9
Olmaliq fc-olmaliq.uz 10 0 0 7
Metallurg metallurg-pfc.uz 5 0 0 9
Qizilqum fcqizilqum.uz 4 0 0 10
Sho'rtan fcshurtan.uz 9 0 0 8
Mashal fcmashal.uz 15 2 2 5
Qo'qon-1912 kokand1912.uz 23 0 0 1
So'g'diyona fcsogdiana.uz 10 0 1 7
Dinamo fcdinamo.uz 18 0 0 4
Andijon andijon-pfc.uz 15 0 0 5
Buxoro pfcbuxoro.com 19 1 0 3
Navbahor texnik nosozlik - - - -

 

Keyingi safar saytlarning rus va ingliz tilidagi bo'limlariga ham alohida e'tibor beramiz.


 

O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia