

Chempionatning taxmin qilib bo'lmas o'yinlarga boy o'tayotgani esa muxlislarning katta qiziqishiga sabab bo'ladi. Xususan, Samarqanddagi Dinamo o'yingohi joriy mavsumdagi har o'yinda muxlislar bilan to'lib toshmoqda.
Oliy Liga 8-tur uchrashuvlari yakunlariga binoan, bu safar ham samarqandlik muxlislar o'yingohga tashrif buyurish bo'yicha peshqadam bo'lishdi. Jumladan, Dinamo - So'g'diyona (2:2) uchrashuvida Dinamo markaziy o'yingohida 12 805 tomoshabin tashrif buyurgan. Bu 8-turda eng ko'p tomoshabin to'plangan bahsga aylandi.
E'tiborlisi, bunga qadar ham Samarqandda o'tgan Dinamoning Sho'rtan, Navbahor, Buxoroga qarshi uchrashuvlari ham turning eng ko'p tomoshabin to'plagan o'yini bo'lgan edi.
Oliy Liga. 8-tur o'yinlaridagi muxlislar tashrifi:
Dinamo – So'g'diyona – 2:2. Samarqand, 12 805 tomoshabin.
Qizilqum – Nasaf – 1:1. Navoiy, 7538 tomoshabin.
Sho'rtan – Qo'qon-1912 – 2:3. G'uzor, 3517 tomoshabin.
Mashal – Bunyodkor – 1:0. Muborak, 2896 tomoshabin.
Paxtakor – Navbahor – 1:0. Toshkent, 1552 tomoshabin.
Metallurg – Buxoro – 1:2. Bekobod, 1429 tomoshabin.
Neftchi – Olmaliq – 1:1. 1250 tomoshabin.
Lokomotiv – Obod – 7:0. 515 tomoshabin.
Eslatib o'tamiz, o'tgan 7-turda eng ko'p tomoshabin yig'ilgan o'yin Namanganda Navbahor - Sho'rtan (1:0) o'yinida qayd etilib, bahsda 12 705 tomoshabin tashrif buyurgandi.
Dinamo klubi matbuot xizmati.



