Olimpiakos – Panatinaikos. Mezbonlar futbolchisi hushidan ketdi

Narzulla Saydullayev
3 mar 2014, 18:32
Olimpiakosning nigeriyalik hujumchisi Maykl Olaytan Gretsiya chempionatining navbatdagi turida Panatinaikosga qarshi bahsda (0:3) hushidan ketdi.
Olaytan to'psiz bo'lgan vaziyatda maydonga yiqilib tushdi. Shifokorlar 21 yoshli hujumchini hushiga keltirib so'ngra shifoxonaga yuborishdi. Tunda uning ahvoli bir maromda ekani aytildi.

Bu uchrashuv vaqtida Panatinaikos ustozi Yannis Anastasiu ham jarohat oldi. Tribunadan uloqtirilgan buyum unga tegdi. Murabbiy ham bir muddat maydonda yotdi, uchrashuv tugagach futbolchilar bilan birga g'alabani nishonlashga kuch topa oldi.

Narzulla SaydullayevMuallif