Oliy liga-2014 yakunlari. O'z tarixida ilk bor sovrindor bo'la olmagan "Bunyodkor" haqida

Narzulla Saydullayev
26 noya 2014, 17:43
Har kuni oliy liganing bitta klubiga atalgan statistik ko'rsatkchilar saytimizda berib borilmoqda.
"Paxtakor", “Andijon”, "Lokomotiv", "So'g'diyona", "Nasaf" va "Buxoro" klublari haqida ma'lumot berdik. Navbat ushbu mavsumda 4-o'rinni olgan "Bunyodkor" klubiga yetib keldi.
 
2007 yildan buyon oliy ligada ishtirok etib kelayotgan "qaldirg'ochlar" o'z tarixlarida ilk bor chempionatni kuchli uchlikda yakunlay olmadi.



Jamoa tarkibida bu yil jami 30 nafar futbolchi maydonga tushdi. Ulardan olti nafari legionerlar. Yarim himoyachi Oleg Zoteev va himoyachi Anvar G'ofurov 23tadan o'yinda maydonga tushib jamoa eng ko'p o'ynagan futbolchilarga aylandi. 10ta to'p kiritgan Sardor Rashidov jamoa to'purariga aylandi.

Himoyachi Akmal Shorahmedov 8 marta sariq kartochka olib jamoada eng ko'p ogohlantirilgan futbolchi bo'ldi. Xayrulla Karimov bu yil ikki bor qizil kartochka oldi. Shukur Po'latov va Aleksandr Pishur mavsum davomida hakamlar tomonidan bir martadan maydondan chetlatilishdi. 



Quyida jamoa safida maydonga tushgan barcha futbolchilarning statistik ko'rsatkchilari berilgan.

FutbolchiAmp.T.sana.O'yinDaqGolSKQK
G'ofurov AnvarHim5/14/1982232012010
Zoteev OlegYahm7/5/1989231676360
Sobirxo'jaev SardorbekYahm11/6/1994221471010
Shorahmedov AkmalHim5/10/1986211815180
Rashidov SardorYahm6/14/19912115621000
Shodiev VohidHuj11/9/1986201006610
Pishur AleksandrHuj1/29/1981191206601
Karimov XayrullaHim4/22/1978181573052
To'raev AkbarDar8/27/1989161440010
Ibrohimov JavlonYahm12/10/1990161179130
Minori SatoYahm3/2/199116897130
Jo'raev DilshodYahm4/21/1992151063120
Miloshevich Ivan**Him11/3/1984121065230
Inomov IslomHim5/30/1984121020020
Bekrich Samir**Yahm10/20/198412932100
Berdiev AnvarHuj5/11/197811621100
Rahmatullaev AliboboYahm2/8/199111431000
Bugalo PavelDar8/21/197410900000
Komilov AkromHim3/14/19969533100
Hamdamov DostonbekYahm7/24/19968581420
O'rinbaev ZabihilloHuj3/30/19958376200
Jo'raev Sahob*Him1/19/19877483020
Po'latov Shukur**Him
2/23/19906472021
Ayupov TimurHuj3/28/19936215320
Simonenko Sergey*Him6/12/19815450040
Koto Karles*Yahm2/11/19885225000
Pardaev Bahodir*Huj
4/26/19875135000
Akbarov Bobirjon*Him
2/14/19893143000
Hasanov Nuriddin**Yahm
7/20/19942122010
G'iyosov XurshidYahm4/12/1995110000

* - birinchi davradan so'ng boshqa klubga o'tgan

** - ikkinchi davrada jamoaga kelgan



"Bunyodkor" bu yil uch marta yirik g'alabaga erishdi va bir bor irodali g'alabani qo'lga kiritdi. 12ta o'yinda jamoa o'z darvozasidan gol o'tkazgani yo'q. "Qaldirg'ochlar" mavsum davomida 20 bor to'p o'tkazib yuborishdi va bu borada oliy ligada ikkinchi o'rinda qayd etilishdi.

Quyidagi jadvalda klubning bu mavsumdagi qayd etgan natijalari keltirilgan.

O'yinlar26
Gollar44
Uydagi gollar26 (59.09%)
Mehmondagi gollar18 (40.91%)
O'tkazilgan gollar20
Uyda o'tkazilgan gollar11 (55%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar9 (45%)
O'rtacha gol1.69
O'rtacha o'tkazilgan gol 0.77
Uydagi ochkolar24/39 (61.54 %)
Mehmondagi ochkolar27/39 (69.23 %)
Eng yirik g'alaba5:0 - "Buxoro"
Eng yirik mag'lubiyat1:3 - "Paxtakor"
"Quruq" o'yinlar12 (46.15%)
Gol ura olmagan o'yinlar4 (15.38%)
Irodagi g'alaba1
Yirik g'alabalar3
Yirik mag'lubiyatlar0
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan)1/0
Ogohlantirishlar (o'rtacha)49 (1.88)
Chetlatishlar (o'rtacha) 4 (0.15)
Maydonga tushganlar (legioner)30 (6)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha)123189 / 4738



Toshkentliklarning mavsumdagi o'rtacha yoshi 26,9 ni tashkil etdi. Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati ishtirokchisi Dostonbek Hamdamov 18 yoshida jamoa safida maydonga tushdi. Aynan u klubda maydonga tushgan, gol urgan va sariq kartochka olgan eng yosh futbolchi bo'ldi. 40 yoshli Pavel Bugalo bu yil nafaqat "Bunyodkor" safida, balki oliy ligada maydonga tushgan eng faxriy futbolchiga aylandi.

Ko'rsatkich

YoshFutbolchi

Eng yosh gol urgan

18,9Hamdamov Dostonbek

Eng keksa gol urgan

35,308Berdiev Anvar

Eng yosh maydonga tushgan

18,9Hamdamov Dostonbek

Eng keksa maydonga tushgan

40,78Bugalo Pavel

Eng yosh sariq kartochka olgan

18,29Hamdamov Dostonbek

Eng keksa sariq kartochka olgan

36,103Karimov Xayrulla

Eng yosh qizil kartochka olgan

24,181Po'latov Shukur

Eng keksa qizil kartochka olgan

36,162Karimov Xayrulla



Saytimiz xodimlari tomonidan Sardor Rashidov “Bunyodkor”ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Dostonbek Hamdamovni esa yil kashfiyoti deb topdik.

Ertaga "Qizilqum" klubi haqida maqola kuting.
 

Narzulla Saydullaev 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia