Oleksandr Pishur 3 yildan so'ng oliy ligada xet-trikka erishdi

Narzulla Saydullayev
17 may 2016, 18:59
"Navbahor" hujumchisi Oleksandr Pishur 9-turda "Qo'qon-1912" bilan o'yinda uchta gol urishga erishdi.

Ukrainalik futbolchi faoliyatida ikkinchi marta O'zbekiston chempionatida xet-trik qayd etdi.

2013 yilda "Bunyodkor" safida o'ynagan Pishur 1-turda "So'g'diyona" darvozasiga 3ta to'p kiritgan edi. Oradan 3 yil o'tib hujumchi oliy ligada yana shunday natijaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia