Oleksandr Nasonov: "Buni fantastikaga qiyoslash mumkin"

Mirjalol Normatov
12 noya 2022
"Paxtakor" futbolchisi Oleksandr Nasonov "Bunyodkor"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng chempionlik taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Faoliyatimdagi birinchi chempionlikni qo'lga kiritdim. Hozirgi holatda buni gap bilan ifodalab bera olmayman. Shunchaki fantastikaga qiyoslash mumkin. Garchi jamoaga mavsum o'rtasida kelgan bo'lsamda yaxshi kirishib ketdim. Bunda murabbiylar va jamoadagilarning hissasi katta bo'ldi. 

Keyingi rejalar? Tatildan qaytganimizdan so'ng bu borada o'ylab ko'ramiz. Chempionlik bilan hammani tabriklayman",- deydi Oleksandr Nasonov.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia