

34 yoshli futbolchi faoliyatini Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasida davom ettiradi. Bu haqda Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.
"Oleg Zoteev "Lokomotiv"ni tark etdi. 2024 yilni tajribali futbolchi "So'g'diyona"da boshlashga yaqin", – deyiladi xabarda.
Zoteev o'tgan mavsum "Lokomotiv" libosida 20 ta o'yinda harakat qilib, 1 ta gol urgan va 4 ta golga pas uzatgan edi.



