Okampos tibbiy ko'rikka yetib kelgan bo'lsada, "Ayaks" 20 mln evro to'lash niyatida emas

Omonjon To`xtamirzayev
31 avg 2022, 18:58
"Sevilya" yarim himoyachisi Lukas Okamposning "Ayaks"ga transferi amalga oshmay qolishi mumkin.

"De Telegraaf"ning xabar berishicha, klublar xavbekning transferini 20 mln evroga kelishgan, ammo keyin "Ayaks" rahbariyati bu summani ko'proq deb hisoblagan. Shuningdek, klub Okamposning o'ziga ham u qadar katta maosh to'lash niyatida emas. Shu sababli "Ayaks" bugun tongda transfyerdan voz kechdi.

"Ayaks"dagi manbalarning xabar berishicha, futbolchi Amstyerdamga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun yetib kelib ulgurgan, lekin muzokaralardagi o'zgarishdan xabar topgach, Sevilyaga qaytib ketgan.

Bu vaziyat "Ayaks" ustozi Alfred Sxroyder uchun ham kutilmagan zarba bo'ldi. Mutaxassis Antonining "Manchester Yunayted"ga transferiga qarshi edi va klub qaroridan qattiq norozi bo'ldi. Okampos braziliyalik futbolchiga sifatli o'rinbosar bo'lardi.

Keyin esa "Sevilya" Okamposni arzonroqqa sotishga tayyorligi, sababi ispanlarga Adnan Yanuzay transferi uchun pul kerakligi ma'lum bo'ldi. Natijada, "Sevilya" "Ayaks"ga Okamposni 15 mln evroga sotib olishni taklif qildi.

Yaqin soatlar ichida "Ayaks" rahbariyatining bu masaladagi yakuniy qarori ma'lum bo'ladi. 

O'tgan mavsum Okampos 42 o'yinda 9 gol urib, 6 ta samarali uzatma berdi. Bu mavsum Lukas La Liganing uch o'yinida maydonga tushdi va samarali harakatlar qayd etmadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru