OK-2023. 2-turning eng yaxshi futbolchisi - yaponlarni "sindirgan" Aymen Husseyn

Tolibjon Qosimov
22 yanv 2024, 15:46
Kecha, 21 yanvar kuni Qatarda bo'lib o'tayotgan Osiyo Kubogi-2023da ikkinchi tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

"Championat.asia" sayti ijodkorlari 2-turning eng yaxshilari va ramziy terma jamoasini tuzib chiqishdi. Demak, birin-ketin eng yaxshilarni e'lon qilishda davom etamiz.

Saytimiz ijodkorlari tomonidan Iroq terma jamoasi hujumchisi Aymen Husseyn ikkinchi turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Iroq bu turda musobaqa favoritlaridan biri Yaponiyani 2:1 hisobida taslim etdi. Aymen Husseyn Zion Suzuki darvozasini 2 bor bosh bilan ishg'ol qildi. Aymen ikkinchi qavatda juda kuchli ekan, to'pni ushlashi ham joyida. 2-turdan keyin Husseyn Qatar yetakchisi Akram Afif bilan birga 3tadan gol bilan to'purarlar ro'yxatini boshqarib turishibdi.


Osiyo Kubogi-2023 guruhlardagi holat >>>>> OK-2023 

FOTO  OK-2023. 2-turning eng yaxshi darvozaboni - Xolid Eysa

FOTO  OK-2023. 2-turning eng yaxshi murabbiyi - yaponlarni taslim etgan Xesus Kasas Garsiya

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia