

Jumladan, bu yo'nalishda Osiyo futbol konfederatsiyasining mutaxassislarini yurtimizga jalb qilish va ularning tajribasidan keng foydalanish bo'yicha ham amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ana shu maqsadda, shu yilning 7-8 iyun kunlari Toshkentga OFKning Klublarni licenziyalash uyushmasi boshlig'i janob Maxajan Vasudevan Nair tashrif buyuradi.
OFK mutaxassisi ikki kun davomida yurtimizdagi futbol klublari mutaxassislari uchun seminar o'tkazishi rejalashtirilgan. Seminarda klublarni licenziyalash uchun qo'yiladigan asosiy talablar, bu borada ahamiyat qaratish zarur bo'lgan zarur jihatlar haqida so'z boradi va amaliy maslahatlar beriladi.



