OFK yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlarni e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
9 noya 2016, 15:30
OFK rasmiy sayti 2016 yil qitaning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga nomzodlarni e'lon qildi.

Erkaklar orasida Omar Abdulrahmon, Hammadi Ahmad va Vu Leidan biri 2016 yil eng yaxshi futbolchi bo'lishadi.

Omar Abdulrahmon BAA terma jamoasi va "Al Ayn" klubi safida o'ynashini barcha biladi. U klub tarkibida OCHL finaliga chiqdi. Hammadi Ahmad esa "Al Quva Al Javiya" klubi bilan OFK kubogi g'olibiga aylandi. Futbolchi bu yilgi musobaqada eng yaxshi to'purar va eng yaxshi futbolchi bo'ldi.

Vu Lei esa "Shanxay SIPG" va Xitoy terma jamoasida o'ynaydi.


Erkaklar

Omar Abdulrahmon (BAA)
Hammadi Ahmad (Iroq)
Vu Lei (Xitoy)

Ayollar
Kaitlin Furd (Avstraliya)
Liza De Vanna (Avstraliya)
Tan Ruyin (Xitoy)


Eng yaxshilarni taqdirlash marosimi 1 dekabr kuni BAA poytaxti Abu Dabi shahrida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia