OFK vakili Olmaliqqa tashrif buyurdi

Narzulla Saydullayev
22 okt 2017, 11:35
Bugun Osiyo Futbol Konfederatsiyasining strategik rejalashtirish, marketing va infratuzilma masalalari bo'yicha yo'riqchisi Elnur Mamedov va O'FF marketing bo'limi boshlig'i Baxtiyor Mametov Olmaliq shahrida bo'lishdi.

Mehmonlar tashrif davomida OKMK sport majmuasiinfratuzulmasi bilan yaqindan tanishishdi. OFK vakili Elnur Mamedov majmuani ko'zdan kechirish jarayonidaklub hamda stadion rahbariyatiga o'z fikr mulohazalari, qimmatli maslahatlarini berdi. U Olmaliqda marketing borasida katta yutuqlarga erishilishi mumkin bo'lgan potencal yuqori ekanligini aytib o'tdi.

Mehmonlar majmuani aylanib bo'lgach, “Olmaliq” futbol klubi rahbari, matbuot va marketing bo'limi hamda stadion xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkillashtirildi. Elnur Mamedov klub marketing ishlarida hozirgi kunda Olmaliqda ma'lum bir ishlar boshlanganligi, kelajakda bu proektlarni rivojlantirish hamda yaratilgan sharoitdan unumli foydalangan holda klub media va marketingini takomillashtirish, rivojlantirish borasida o'z tavsiyalarini berdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz