OFK U23. Tailand - Yaponiya uchrashuvini o'zbekistonlik hakam boshqarib boradi

Narzulla Saydullayev
15 yanv 2016, 08:50
Ertaga U23 Osiyo chempionati 2-turi doirasida Tailand va Yaponiya o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.

"B" guruhidan o'rin olgan mazkur bahsni o'zbekistonlik FIFA referisi Ilgiz Tantashev boshqarib boradi. Unga qanotda hamyurtimiz Jahongir Saidov va eronlik Rizo Suhandon yordam berishadi. Zaxiradagi hakam sifatida eronlik Alirizo Fag'oni qayd etilgan. Ma'lumot uchun, Tantashev 1-turda Tailand - Saudiya Arabistoni uchrashuvida zaxira hakami bo'lib faoliyat olib borgandi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Iroq o'rtasidagi o'yinni ummonlik hakamlar boshqarib borishi haqida xabar berdik.

Tailand - Yaponiya
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (O'zbekiston)
Qanot hakamlari: Jahongir Saidov (O'zbekiston), Rizo Suhandon (Eron)
Zaxira hakami: Alirizo Fag'oni (Eron)



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia