OFK prezidenti: "KK-2017 bahslariga kutganimizdan ko'proq muxlis tashrif buyurdi"

Aslanov Jasurbek
3 iyul 2017, 13:45
Konfederatsiyalar Kubogini o'tkazishda Rossiya yuqori darajadagi tashkilotchi ekanligini ko'rsatdi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti shayx Salmon bir Ibrohim Al-Halifa shunday fikr bildirdi.

"Katta ish bajarilgani ko'rinib turibdi. Uchrashuvlarga biz kutaganimizdan ko'proq muxlislar tashrif buyurishdi. Mamlakatingiz rahbariyatiga tashkilotchilik uchun rahmat. Hammasi tekis o'tganidan xursandmiz. Gap faqat futbol infratuzilmasi va stadionlar haqida ketayotgani yo'q. Shaharlar ham o'z vazifalarining uddasidan chiqishdi.

Vladimir Putin, Vitaliy Mutko va Rossiyaning boshqa vakillari turnirga katta tayyorgarlik ko'rganini alohida ta'kidlab o'tmoqchiman. Bunday katta forumdan ko'nglimiz to'ldi" - deydi shayx.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Известия