OFK Kubogi. Bugun "So'g'diyona" Turkmaniston klubi bilan o'ynaydi

Aziz Tukhtamuradov
30 iyun 2022, 07:10
Bugun Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi OFK Kubogi doirasida guruhdagi uchinchi o'yinini o'tkazadi.

Dastlabki ikki turda g'alaba qozongan jamoamizga uchinchi turda Turkmanistonning "Altin Asr" jamoasi raqiblik qiladi. Ushbu o'yin bizning vaqt bilan soat 19:00da boshlanadi. Bahs "Futbol TV" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. 

Eslatib o'tamiz, "So'g'diyona" dastlabki ikkita turda g'alabaga erishib, guruh peshqadami bo'lib turibdi. "Altin Asr" esa 4 ochko bilan ikkinchi pog'onani band etgan. G'alaba va durang jamoamizni keyingi bosqichga olib chiqadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia