

Ushbu sahifa orqali barcha sovrindorlarni taqdim etib boramiz.
20:45. Tadbirni BAA Futbol Assotsiatsiyasi rahbari Marvan Ahmad bin Galita ochib berdi.
20:50. Undan keyin OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Halifa nutq so'zladi. Prezident BAA mamlakatiga tadbir o'tkazishdagi tashkilotchilik uchun minnatdorchilik bildirdi. Shu bilan birga Braziliyaning "Shapekoense" klubi bilan sodir bo'lgan voqeadan chuqur qayg'uda ekanini ma'lum qildi.
20:55. Dastlabki sovrin sohibi aniq: Afrika Konfederatsiyasi Prezidenti Issa Xayatuga "Osiyo Olmosi" topshirildi.

21:10. OFK Osiyo Orzusi sovrini Qatar Futbol Assotsiatsiyasiga topshirildi. Qolgan ikki da'vogar: Yaponiya Futbol Assotsiatsiyasi va Janubiy Koreya Futbol Assotsiatsiyasi
21:13. Eng yaxshi federatsiya (Rivojlangan) - Yaponiya Futbol Federatsiyasi. Qolgan ikki da'vogar Janubiy Koreya Futbol Federatsiyasi va BAA Futbol Assotsiatsiyasi
21:14. Eng yaxshi federatsiya (Rivojlanayotgan) - Hindiston FF. Qolgan da'vogarlar - Malayziya FA va Vetnam FF
21:15. Eng yaxshi federatsiya (Rivojlanishga intilayotgan) - Butan FF. Qolgan ikki da'vogar - Kambodja FF va Shri Lanka FF

21:22. Ommaviy futbolchini rivojlantirish bo'yicha sovrin (Rivojlanishga intilayotgan) - Bruney. Qolgan ikki da'vogar - Shri Lanka va Makao
21:23. Ommaviy futbolchini rivojlantirish bo'yicha sovrin (Rivojlanayotgan) - Filippin. Qolgan ikki da'vogar - Gongkong va Vetnam
21:25. Ommaviy futbolchini rivojlantirish bo'yicha sovrin (Rivojlangan) - Avstraliya. Qolgan ikki da'vogar - Yaponiya va Qatar
21:28. Yilning eng yaxshi murabbiyi (Ayollar) - Chan Yuen Ting (Gongkong). Qolgan nomzodlar: Miyo Okamoto (Yaponiya) va Ri Un Suk (KXDR)


21:30 - Yilning eng yaxshi murabbiyi (Erkaklar) - Choi Kang Xi ("Chonbuk Motors", Janubiy Koreya). Qolgan da'vogarlar - Makoto Teguramori (Yaponiya) va Atsushi Uchiyama (Yaponiya)
21:37. Boshqa qitada o'ynaydigan eng yaxshi osiyolik futbolchi - Shinji Okazaki ("Lester", yaponiyalik). Qolgan ikki nomzod - Shinji Kagava ("Borussiya D", yaponiyalik) va Son Xen Min ("Tottenxem", janubiy koreyalik)

21:44. Yilning eng yaxshi futbolchisi (Ayollar) - Kaytlin Ford (Avstraliya). Qolgan da'vogarlar Liza De Vanna (Avstraliya) va Tan Ruyin (Xitoy)
21:50. Yilning eng yaxshi futbolchisi (Erkaklar) - Umar Abdulrahmon (BAA). Qolgan ikki nomzod - Hammadi Ahmad (Iroq) va U Ley (Xitoy)
Yilning eng yaxshi futzalchisi - Asqar Hassanzoda (Eron). Qolgan ikki nomzod: Ahmad Ismoilpur (Eron) va Farhod Tavakoli (Eron)
Eng yaxshi yosh futbolchi (Erkaklar) - Ricu Doan (Yaponiya). Qolgan da'vogarlar - Muhammad Dovud (Iroq) va Rakan Al Anaze (Saudiya Arabistoni)
Eng yaxshi yosh futbolchi (Ayollar) - Fuka Nagano (Yaponiya). Qolgan ikki nomzod: Sung Xyang Sim (KXDR) va Xana Takaxashi (Yaponiya)




