O'FF muzokara olib borayotgan murabbiy Avstraliyani boshqarishi mumkin

Narzulla Saydullayev
9 dek 2017, 08:43
Avstraliya futbol Federatsiyasi milliy terma jamoa uchun yangi murabbiy qidirishda davom etmoqda.

Yurgen Klinsmanndan nomzodlar sifatida Sven-Yoran Eriksson, Slavolyub Muslin, Kristof Daum, Avraam Grant va Janni de Byazi kabi murabbiylar ko'rilmoqda.

Avstraliya terma jamoasi sobiq ustozi Ange Postekoglu JCH-2018 yo'llanmasi qo'lga kiritilgach o'z lavozimini tark etgandi.

Eslatib o'tamiz, O'FF O'zbekiston terma jamoasiga kelish mumkin bo'lgan va muzokara olib borilayotgan 9 nafar murabbiy haqida e'lon qilgandi. Ushbu nomzodlar orasida Slavolyub Muslin ham bor edi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Sky Sport Italia