Serbiyani JCH-2018 final bosqichiga olib chiqqan murabbiy iste'foga chiqarildi

Aslanov Jasurbek
30 okt 2017, 22:39
Serbiya futbol ittifoqi o'z rasmiy saytida mamlakat milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Slavolyub Muslin bilan shartnoma bekor qilinganini e'lon qildi.

Serbiya futboli mutasaddilarining nima uchun bunday qarorga kelgani sabablari oshkor qilinmayapti. Terma jamoani vaqtinchalik Mladen Krstaich boshqarib turadi.

Ma'lumot uchun, Muslin 2016 yilning bahorida Serbiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshlagan edi. 64 yoshli mutaxassis Serbiyani JCH-2018 final bosqichiga olib chiqqanligiga qaramay, unga chiqish eshiklari ko'rsatildi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif