O'FF matbuot xizmati Ro'ziqul Berdiev haqidagi xabarga izoh berdi

Narzulla Saydullayev
17 okt 2017, 16:42
O'zbekiston terma jamoasiga "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev vaqtinchalik bosh murabbiy bo'lishi haqida xabar bergandik.

Bu borada O'FF matbuot xizmati bilan bog'landik: - Ro'ziqul Berdiev bilan vaqtincha bosh murabbiyi bo'lish uchun muzokara olib borilayotganini tasdiqlaymiz, lekin u hozircha rasman bosh murabbiy emas. Rasmiy xabar yaqin vaqt ichida O'FF saytida e'lon qilinadi. 

BAA bilan o'rtoqlik uchrashuvi? O'FF nafaqat BAA balki ko'plab mamlakatlarga o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish borasida taklif yubormoqda. Masalan, kecha Qatar Futbol Uyushmasi bilan ham memorandum imzolandi, - deydi Sanjar Rizaev.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia