O'FF hakamlar departamenti OFK tomonidan Osiyoda yetakchilardan biri sifatida etirof etildi

Narzulla Saydullayev
11 sen 2015, 14:41
2015 yilning avgust oyida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan milliy terma jamoalar murabbiylari birinchi anjumani tashkil etildi.

O'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov ham tashkilotchilar tomonidan ushbu seminarlarga  taklif etildi. U milliy terma jamoalar murabbiylariga o'zining yirik xalqaro musobaqalarda orttirgan tajribasi haqida so'zlab, ishtirokchilar uchun foydali ma'lumotlar bilan o'rtoqlashdi. Ermatovning ushbu konferenciyada ishtiroki uchun Osiyo Futbol Konfederatsiyasi O'zbekiston Futbol Federatsiyasiga minnatdorchilik xati yubordi. 

"Biz Malayziya poytaxti - Kuala-Lumpur shahrida yaqinda tashkil etganimiz tadbirdagi ishtiroki uchun janob Ravshan Ermatovga o'zimizning samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz. Janob Ermatov ishtirokidagi foydali ma'lumotlarga boy bo'lgan seminar, o'ylaymizki, juda muvaffaqiyatli o'tdi. Ishtirokchilar uchun ushbu ma'lumot almashinuvi ulkan darajada manfaatli bo'ldi. Biz Osiyo qitasida futbolning rivojlanishi yo'lida kelajakda ham hamkorlikni davom ettirishni maqsad qilganmiz", - deyiladi OFK tomonidan yuborilgan xatda.

Shuni ham qo'shimcha qilish kerakki, O'zbekiston Futbol Federatsiyasi OFK tomonidan Osiyoda hakamlarni etkazib berish va hakamlikning rivojlantirish ishlarida yetakchilardan biri sifatida etirof etiladi. Avgust oyida bo'lib o'tgan hakamlik borasidagi savollar yuzasidan OFK tomonidan tashkil etilgan majlisga O'FF hakamlar departamenti boshlig'i Noil Lutfullin taklif etilishida ham shunday etirof yana bir bor takidlangan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com