O'FF delegaciyasi FIFA Kongressidagi ishtirokini yakunlab Toshkentga qaytib keldi

Narzulla Saydullayev
14 iyun 2014, 17:43
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonov Braziliyaning San-Paulu shahrida o'tkazilgan FIFA Kongressidagi ishtirokini yakunladi va 14 iyun kuni Toshkentga yetib keldi.
Eslatib o'tish joiz, FIFA Kongressida O'FF prezidenti Mirabror Usmonovga O'FF birinchi vice-prezidenti Sardor Rahmatullev va O'FF matbuot xizmati boshlig'i Sanjar Rizaevlar xamrohlik qilishdi. Uch kishidan iborat O'zbekiston Futbol Federatsiyasi delegaciyasi FIFA Kongressi doirasida dunyo futbol uyushmalari bilan uchrashib o'zaro fikr almashdi.

O'FF prezidenti Mirabror Usmonov tashrif doirasida OFK prezidenti Shayx Salmon Ibrohim bin Halifa, UEFA prezidenti Mishel Platini bilan uchrashdi. O'FF Prezidenti, shuningdek, Yaponiya, Koreya, Qatar, Iordaniya, Armaniston, Gruziya kabi futbol uyushmasi vakillari va rahbarlari bilan uchrashdi va faxriy mehmon sifatida JCH ochilish uchrashuvini San-Pauludagi stadionda kuzatdi.

E'tiborlisi, 10 iyun kuni O'zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonov FIFA Kongressida uyushma prezidenti Zepp Blatter tomonidan FIFAning maxsus Xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com