O'FAning 4 xodimi Osiyo kubogida ishlaydi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2024, 14:57
Barchamizga ma'lumki, O'zbekiston so'nggi yillarda qita miqyosidagi yirik turnirlarga mezbonlik qilib kelmoqda va o'z navbatida mazkur xalqaro musobaqalar orqali o'zbekistonlik futbol mutaxassislarining ko'nikma va malakalari o'sib bormoqda.

Qatarda o'tadigan Osiyo kubogi musobaqasida Osiyo futbol konfederatsiyasi delegaciyasi tarkibida faoliyat olib borish maqsadida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining bir qator mutaxassislari chaqiruv oldi. Xususan:

➖ Musobaqalar va tadbirlar o'tkazish bo'limi boshlig'i Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov - Musobaqa bosh ofisida akkreditatsiyadan o'tkazish bo'yicha koordinator;





➖ Musobaqalar va tadbirlar o'tkazish bo'limi boshlig'i o'rinbosari Yoqubjon Soxibov - “Jassim bin Hamad” stadionida marketing masalalari bo'yicha menejer;




➖ Musobaqalar va tadbirlar o'tkazish bo'limi mutaxassisi Sanjar Haydarov - stadionlarda axborot-ko'ngilochar tizimi koordinatori;




➖ Marketing va media bo'limi mutaxassisi Islom Ro'ziev - OFK rasmiy fotosuratchisi sifatida faoliyat olib boradi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz