Osiyo kubogi-2024. Guruhdoshimiz Suriyaning yakuniy tarkibi ma'lum. Tarkibda 19 nafar legioner bor

Khoja
4 yanv 2024, 12:57
Osiyo kubogidagi O'zbekiston milliy terma jamoasining guruhdagi ilk raqibi Suriya musobaqa uchun yakuniy tarkibni e'lon qildi.

Ektor Kuper ushbu musobaqaga jami 19 nafar legioner xizmatidan foydalanishga qaror qilgan.

Darvozabon: Ibragim Alma (Tishrin, Suriya), Ibragim Xesar, Taxa Musa (Al Fotuva, Suriya), Maksim Sarraf (SSKA, Rossiya), Ahmad Madaniya (Jabla, Suriya).

Himoyachilar: Aixam Xanz Usu (Xekken, Shveytsariya), Muayad Aladjaan (Al Jaish, Suriya), Amr Almidani (Al Nassr, Quvayt), Amro Jeniat (Al Vahda, Quvayt), Taer Kruma (Al Fotuva, Suriya), Xaled Kurdogli (Al Vahda, Iordaniya), Moayad Alxuli (Al Jaish, Suriya), Ampntul Raxman Ues (Kaliteya, Gretsiya).

Yarim Himoyachilar: Ezekel Xam (Independente Rivadaviya, Argentina), Kamel Xmeyshe (Al Ahli, Bahrayn), Moxammad Alxallak (Al Ahad, Livan), Amar Ramadan (Dunayska Streda, Slovakiya), Moxammed Osman (Lampxun Uorriorz, Tailand), Elmar Abram (Shyovde AIK, Shvetsiya), Faxad Yusef (Al Shorta, Iroq), Jalil Elias (Joxor Darul Tazim, Malayziya), Ibragim Xesar (Belgrano, Argentina).

Hujumchilar: Omar Xrbin (Al Vahda, BAA), Alaa Aldin Yasin Dal (Naft Missan, Iroq), Pablo Sabbag (Alyansa Lima, Peru), Antonio Yakub (Gefle IF, Shvetsiya), Mahmud Alasvad (Al Karama, Suriya).

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia