

Jumladan, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi vice-prezidenti Otabek Imomov va Professional futbol ligasi bosh direktori Omon G'ofurov Turkiyada mamlakat futbol federatsiyasi vice-prezidenti Servet Yardimchi va bosh kotib Kadir Kardash bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Turkiya futbol federatsiyasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish, turli yoshdagi terma jamoalar bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil etish, turk klublarini Toshkentga taklif qilish, musobaqalarni o'tkazish tartibi, marketing masalalari, muxlislarni stadionlarga jalb qilish, o'zbek futbolchilarni Turkiya klublarida to'p surishlari bo'yicha muzokaralar o'tkazildi.

Bugun Turkiya klublari bazalariga tashrif buyurish ko'zda tutilgan. U yerda klublar infratuzilmalari, stadionlar, maydonlar holati bilan yaqindan tanishib, klublarda marketing masalalari qanday yo'lga qo'yilganini o'rganib chiqish rejalashtirilgan.



