

Rasmiy xatda bayon qilinishicha, Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov mavjud qarzdorlikni 1-iyulgacha to'liq bartaraf etish yuzasidan kafolat bergan. Qo'mita esa qarzdorlik 24 aprelgacha bartaraf etilishini takidlagan.
Ma'lumot uchun, OFK klublarni licenziyalash jarayonining asosiy mezoni qarzdorlikni o'z vaqtida bartaraf etish hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, "Navbahor" qarzdorlikni 1 iyul yoki 24 aprel sanasida emas, balki 29 martga qadar bartaraf etishi lozim. Aks holda klub OFK licenziyasini qo'lga kirita olmaydi. Liga esa O'FA qo'mitasining qarori asosida "Navbahor" klubiga MyLeague platformasini ochib beradi.



