O'FA matbuot xizmati: "Eron bilan o'yin bekor qilinmagan"

Aslanov Jasurbek
20 avg 2020
Bugun Eronning tehrantimes sayti oktyabr oyida o'tishi kerak bo'lgan O'zbekiston - Eron uchrashuvi bekor qilingani haqida xabar bergandi.

O'zbekiston - Eron o'rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi         


Bu borada O'FA matbuot xizmati bilan bog'landik. 

"O'zbekiston - Eron uchrashuvi kuni kecha e'lon qilinganidek sentyabrda oktyabrga ko'chirildi. Ammo bahs qoldirilmagan. Hozirgina Eron futbol Federatsiyasi bilan ham bog'landik va ular ham o'yin bekor qilingani yolg'on ekanini ma'lum qilishdi. O'rtoqlik uchrashuvi 7 oktyabr kuni O'zbekistonda bo'lib o'tadi", - deb javob berdi O'FA matbuot xizmati vakili Yoqubjon Sohibov championat.asia saytiga.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia