Odil Ahmedovning jamoadoshi faoliyatini LaLigada davom ettiradi

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2019
"Shanxay SIPG" yarim himoyachisi Vu Ley faoliyatini LaLigada davom ettiradigan bo'ldi.

Xitoylik futbolchi Barselona shahrining "Espanol" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida Ispaniya klubi rasmiy sayti xabar qildi.

1991 yilda tug'ilgan futbolchi hamda "Espanol" o'rtasida tuzilgan bitim muddati ma'lum emas. Klub bu haqida Vu Leyni tanishtirish marosimida e'lon qiladi. Xitoylik yangi jamoada 24-raqam ostida to'p tepadi.

Vu Ley Xitoy chempionatining so'nggi mavsumida 27ta gol urib, Superliga "Oltin butsasi"ni qo'lga kiritgan edi. U "Shanxay SIPG" bilan Xitoy chempioniga aylandi. "Shanxay SIPG"da hamyurtimiz Odil Ahmedov ham to'p tepadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/RCDEspanyol