

O'zbekiston terma jamoasi sardori to'p tepadigan Xitoy klubiga yangi murabbiy tayinlandi. "Shanxay SIPG" rasmiy saytining ma'lum qilishicha, "Myunxen-1860", "Portu", "Fenerbaxche", "Olimpiakos" kabi klublarda ishlagan Vitor Pereyra shanxayliklar bilan shartnoma tuzgan. Hozircha kelishuv muddati aniq emas.

"Shanxay SIPG" so'nggi mavsumda Xitoy chempionati va Kubogida ikkinchi bo'ldi. Bundan tashqari, klub OFK Chempionlar ligasining yarim finaligacha yetib bordi.




