Odil Ahmedov “Navbahor”ning yetakchi mavqega qaytishiga hissa qo'shish niyatida

6 noya 2020, 21:45
Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzaqov bugun futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedovni qabul qildi. Bu haqda Namangan viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda keltirilishicha, muloqot avvalida viloyat rahbari Odil Ahmedovga otasi Olimjon Ahmedovning bevaqt vafoti munosabati bilan yana bir bor hamdardlik bildirdi.

  Suhbat davomida Namanganda futbol, xususan, bolalar futbolini yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi. “Navbahor” futbol klubining yangi strategiyasi muhokama qilindi.

- Asosiy e'tibor mahoratli yoshlarga qaratiladi. Biz namanganlik iqtidorli, yosh futbolchilarni qo'llab-quvvatlaymiz, investiciyani mahalliy futbolchilarni yetishtirib chiqarish uchun yo'naltiramiz, - dedi viloyat hokimi.

Odil Ahmedov muloqot chog'ida Namanganda futbol rivoji, “Navbahor” jamoasining yetakchi mavqega qaytishi uchun bor kuch-g'ayrati va tajribasini sarflashga tayyor ekanligini bildirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Навбаҳор” ПФК матбуот хизмати