Odil Ahmedov "Krasnodar"ning bu mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi!

Aslanov Jasurbek
9 iyun 2015, 12:58
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov to'p tepadigan "Krasnodar" klubi rasmiy saytida mavsumning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so'rovnoma o'tkazilayotganini xabar qilgan edik.
Ushbu so'rovnoma natijalari bugun e'lon qilindi.
So'rovnomada 1600 muxlis ishtirok etgan. Eng ko'p ovozni Odil Ahmedov qo'lga kiritgan.
Odil Ahmedov - 22%
Maurisio Pereyra - 17,3%
Andrey Dikan - 10%
Ushbu natija bilan Odil Ahmedovni tabriklaymiz va ovoz bergan ishqibozlarga minnatdorchilik bildiramiz.
Eslatib o'tamiz, 2011/12 mavsumda ham Ahmedov "Anji"ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia