Odil Ahmedov: "Bugun o'zgarmasak har to'rt yilda kechirim so'rayveramiz"

Aslanov Jasurbek
19 iyun 2021, 15:49
O'FAning navbatdan tashqari kongressi bo'lib o'tmoqda.

 O'FAning navbatdan tashqari hisobot kongressi boshlandi

Unda so'zga chiqqan terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov fikrlarini bildirib o'tdi.


"Shuni aytishim kerakki, futbolni aldab bo'lmaydi. Bugun o'zgarishni boshlamasak, har to'rt yilda shunday kechirim so'rayveramiz. Futbolchi bo'ladimi yoki murabbiymi, futbol sohasida ishlaydigan bo'ladimi futbolni manfaatini birinchi o'ringa qo'ymas ekan hech qanday natija chiqmaydi. Bu futbolni detallaridan biri. Mayda detallari juda ko'p.  Asosiy katta muammolarimizdan biri bolalar futbolini to'g'ri yo'lga qo'ymaganimizda.  Fundament yo'q ekan natijani o'ylamasak ham bo'ladi. Terma jamoadagi faoliyatimni esa yakunladim",- deydi Odil Ahmedov. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia