OCHLni yutgan jamoada bosh murabbiy o'zgardi

Xayrulla Xoliqov
24 dek 2020
Bu mavsum OCHLda g'oliblikni qo'lga kiritgan "Ulsan Xyunday" klubi murabbiylar shtabida o'zgarish ro'y berdi.

Jamoani shu paytgacha boshqarib kelgan Kim Do Xun iste'foga chiqib, uning o'rnini Janubiy Koreya futboli afsonalaridan biri Xong Myung Bo egalladi. Xong Myung Bo futbolchilik faoliyati davomida Janubiy Koreyadan tashqari Yaponiya va AQSHda ham to'p tepgan. Shuningdek, JCH-2002da terma jamoa sardori bo'lgan. 

"Ulsan Xyunday" garchi bu yil Osiyo chempionlar ligasida zafar quchgan bo'lsa-da, ketma-ket ikkinchi bor milliy chempionatda ikkinchi o'rinni band etdi. Shu bois klub rahbariyati keyingi yil mamlakat chempioni bo'lish maqsadida yangi murabbiyni taklif qildi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com