Igor Sergeev Solievning rekordini takrorlaydimi?

Narzulla Saydullayev
19 sen 2023
Bugun o'zbekistonlik hujumchi Igor Sergeev faoliyat olib borayotgan Tailandning "Patum Yunayted" klubi OCHL 1-turida "Ulsan Xyunday" klubi mehmoni bo'ladi.

Bugungi kunga qadar Sergeev OCHLda jami 34ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 15ta gol urishga erishgan. Ushbu musobaqada eng ko'p gol urgan o'zbekistonlik futbolchi bu Anvar Soliev. Sobiq hujumchi "Paxtakor" va "Bunyodkor" klublari safida 70ta o'yinda 16ta gol urgan. Sergeev yana bitta gol ursa o'zbekistonlik futbolchilar uchun rekordni takrorlaydi.

Keyingi o'rinlarda 13tadan gol urgan Temurxo'ja Abduholiqov, Marat Bikmaev va Zayniddin Tojiev bormoqda. Server Jeparov hisobida 11ta gol bor.

Eslatib o'tamiz, "Ulsan Xyunday" - "Patum Yunayted" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia