Anvar Soliev "Neftchi"da ish boshladi

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2021, 13:00
Barchamizga o'zining "Paxtakor", "Navbahor", "Bunyodkor" jamoalari va O'zbekiston milliy terma jamoasidagi yorqin o'yinlari orqali yaxshi tanilgan futbolchi Anvar Soliev "Neftchi"da ish boshladi.

Soliev bungacha Ilhom Mo'minjonov bilan birgalikda "Paxtakor" yoshlar jamoasida yordamchi murabbiy, "Navbahor" va "Surxon" klublarida maslahatchi murabbiy bo'lib birga ishlagan.

Anvar Soliev Ilhom Mo'minjonovga yordamchi murabbiy sifatida ko'maklashadi.



Shu o'rinda "Neftchi" jamoasi tayyorgarlikning Toshkentdagi birinchi bosqichini yakunladi va jamoa a'zolari Farg'onaga qaytib kelishdi. Mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi Farg'onada davom ettiriladi.

Jamoaga yangi futbolchilarining kelib qo'shilishi va ko'rikdan o'tishi davom etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати