OCHL. “Shabab Al-Ahli” penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi

Eldor Akmurzayev
26 sen 2020, 21:33
Musobaqaning 1/8 finalidan o'rin olgan bellashuvning onlayn natijasini mazkur sahifamiz orali kuzatishingiz mumkin.

O'yinda hisobni 1-taym o'rtalarida chiroyli zarbasi bilan Azizjon G'aniev ochdi. Uning uzoqdan tepgan to'pini davozabon qaytara olmadi. Ikkinchi bo'lim boshida Omar Al Soma penaltini aniq amalga oshirib, uchrashuvdagi muvozanatni tikladi – 1:1. Shu tariqa, asosiy bo'limlarda g'olib aniqlanmadi. Ekstra taymlarda ham tablodagi "birlar" o'zgarmadi va bosh hakam jamoalarni penaltilar seriyasiga taklif etdi. Futbol lotereyasida esa saudiyaliklar omadli chiqdi va chorak finalga yo'l oldi.

Aytish joiz, G'aniev penaltilar seriyasida ham zarba berishda adashmadi. Uning jamoasidan Ahmad Halil va Abdulla Al Naqbi raqib darvozabonini dog'da qoldirolmadi.

“Al-Ahli” (S.Arabistoni) – “Shabab Al-Ahli” (BAA) 0:1 (0:1, 1:0, 0:0, 0:0)

Gol: G'aniev 28, Al-Soma 53 (pen.)

Penaltilar seriyasi: 4:3

“Al Vakra” o'yingohi

“Al-Ahli”: Al-Ovays, Tamin, Xavsavi, Xindi, Al-Fatil, Al-Mojahid, Alasmari, Al-Moasher, Marin, Lima, Al-Soma

“Shabab Al-Ahli”: Nosir, Jobir, Abbos, Marzuq, Xaykal, Xassan, G'aniev, Alves, Xuseyn, Al-Hammadi, Konde

TAS-IX emas

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia